
O‘zbek tennischisi finalda o‘ynaydi
Hindistonda qizlar o‘rtasida tashkil etilgan xalqaro tennis turnirining juftlik bellashuvlarida hamyurtimiz Yasmina Karimjonova bosh sovrin uchun o‘ynaydigan bo‘ldi.
Musobaqada mezbonlar vakilasi Maxak Jain bilan hamkorlikda ikkinchi raqamli duetni tashkil qilgan Yasmina Karimjonova dastlabki ikki bahsda hindistonlik Satvika Sama va Shivani Svarup Ingleni 6:2, 6:1, hindistonlik Muskan Gupta va indoneziyalik Priska Madelin Nugroxoni 6:2, 6:1 hisobida engdi.
Yasmina Karimjonova va Maxak Jaik final yo‘llanmasi uchun bellashuvda tailandlik Mai Napat Nurindorn va hindistonlik Akanksha Bxangga qarshi kortga chiqdi. Unda hamyurtimiz o‘z sherigi bilan 6:3, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Bu juftlik finalda tailandlik Mananchaya Savangkaev va Xitoy Taypeyi tennischisi Kuan Yi Libilan raqobatlashadi.
Fikrlar