Ramos uzoqdagi mashhur jamoadan ish topdi

  • 14 dekabr, 2024, 12:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘tgan yoz “Sevilya”dan ketganidan beri o‘ziga ish qidirayotgan Serxio Ramos faoliyatini Argentinada davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.

Ramos yaqinda sobiq jamoasi “Real”ga bir necha marotaba murojaat qilib, o‘zini ishga olishni so‘ragan edi. Biroq “Qirollik klubi” rahbariyati jamoaning sobiq sardorini ortga qaytarishni istamadi.

Endi 38 yoshli markaziy himoyachi bilan mashhur klublardan “Boka Xuniors” hamkorlik qilmoqchi.  

“Boka Xuniors” mutasaddilari jamoada o‘ynayotgan nomdor hujumchi Edinson Kavani yoniga jahon futbolida o‘z nomiga ega bo‘lgan Serxio  Ramosni olib kelmoqchi.

Bir necha manbalarning yozishicha, bu transfer yanvar oyida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!