Rasman: O‘zbekistonlik futbolchi Kambodja fuqaroligini oldi!

  • 23.11.2025 12:30
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 "Visakxa" klubida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Alisher Mirzaev 5 yil davomida ushbu mamlakatda yashagach, rasmiy ravishda Kambodja fuqaroligini qabul qildi. Mirzaev 2020-yildan buyun mazkur klub sharafini himoya qilib kelmoqda.

Bungacha Alisher O‘zbekistonning U-16 va U-20 terma jamoalarida o‘ynab, jami 6 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Biroq hozircha uning mart oyidagi FIFA kunlari doirasida Kambodja terma jamoasiga chaqirilishi borasida ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot uchun, "Visakxa" klubi turnir jadvalida 12 ochko jamg‘arib, 7-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!