Reshford MYuning muvaffaqiyatiga ishonmayapti

  • 03.02.2026 18:19
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reşford klubga qaytmoqchi emas, chunki u klub muvaffaqiyatiga ishonmayapti. 28 yoshli futbolchi "Barselona"ga doimiy o‘tishni talab qilmoqda. Reşfordning fikricha, uning Kataloniyada sovrin yutish imkoniyati "Manchester Yunayted"ga qaraganda ancha yuqori. Bu haqida The Touchline X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Reşford yakuniy qarorni "Barselona" foydasiga qabul qildi va aynan o‘sha yerda o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga ishonishini ta’kidladi. Hujumchi, shuningdek, "Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik bilan ishonchli munosabatlar o‘rnatgan va u futbolchining keyingi bosqichga chiqishiga yordam bera olishiga ishonmoqda.

Reşfordning "Barselona"dagi ijarasi shu yozda yakunlanadi, ammo klub uni saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarni ko‘rib chiqmoqda. Joriy mavsumda futbolchi kataloniyaliklar safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning transfer narxi 40 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!