Mareska Chempionlar ligasi oʻyinidan soʻng bir futbolchini maqtadi

  • 09.09.2026 07:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska Chempionlar ligasidagi debutidan so‘ng yosh marokashlik yarim himoyachi Ayub Buaddining o‘yini yuqori baholadi. 18 yoshli futbolchi «Portu»ga qarshi bahsda (2:0) 75 daqiqa maydonda to‘p surdi.

«U juda zo‘r o‘ynadi», – deb tabassum bilan ta’kidladi Mareska uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida.

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, Buaddi avvalroq «Koventri»ga qarshi o‘yinda ikki bor to‘pni yo‘qotgan, ammo shunga qaramay, vaziyatdan chiqib keta olgan.

«U o‘sha o‘yinda ikki marta to‘pni boy berdi, lekin xatolardan so‘ng ham hayajonga berilmasdan, osoyishta orqaga qaytib, o‘yinga qayta kirdi. Bunday vaziyatda ko‘plab futbolchilarda sarosima boshlanishi mumkin edi», – dedi Mareska.

Uning ta’kidlashicha, jamoadagi yetakchilar – Erling, Ruben va Mateodan yuqori darajadagi o‘yin kutilgani tabiiy, ammo yosh marokashlik futbolchi o‘z o‘yini bilan murabbiyni hayratga solgan.

«Erling, Ruben yoki Mateodan shunday o‘yin kutishingiz tabiiy, lekin Ayub meni hayratda qoldirdi. U hamon 18 yoshda, ammo juda katta o‘yin o‘tkazdi. Jamoa a’zolari ham yangi kuchli futbolchi kelganidan mamnun, chunki ular uning darajasini ko‘rib turishibdi», – deya qo‘shimcha qildi «Manchester Siti» bosh murabbiyi.

Ayub Buaddi joriy yil avgust oyida «Lill» klubidan «Manchester Siti» safiga qo‘shilgan edi. Uning transferi bonuslarsiz 95 million yevro atrofida baholangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!