Ukraina futbol rahbariga qarshi urush ochgan Shevchenkoga O‘zbekiston terma jamoasi boshqaruvi taklif etilganmidi?

  • 6 sentabr, 2021, 23:12
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun avval, Andrey Shevchenko o‘z shtabi bilan katta matbuot anjumanini tashkil etdi. Jurnalistlar bilan suhbatda iste’fosi, nega futbol rahbarlari unga JCh saralashini ishonib topshirmagani va boshqa ko‘plab savollarga javob berib o‘tdi.

Tecno

1 avgust sanasida Evropa chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Ukraina termasi bosh murabbiyi postni topshirganini e’lon qildi. Uning nima vajdan kontraktini yana uzaytirmagani ko‘pchilikni hayron qoldirgani rost. Deyarli barcha, uni UFA(Ukraina Futbol Assotsiatsiyasi)dan juda katta maosh so‘ragani taxmin qilgan edi.

Sheva kutilmaganda qartalarni ochib tashladi. Mutaxassis federatsiyadan yangi shartnoma taklif etishini kutgan, biroq maosh borasida gap-so‘z bo‘lmagan. Buni press-konferentsiyada ishtirok etgan uning yuristi ham tasdiqladi. Sobiq futbolchi shunchaki Evropa chempionatidan so‘ng, u bilan hech kim aloqaga chiqmaganini aytib o‘tdi. 2016 yildan beri maoshi o‘zgarmay kelayotganiga qaramay, Sheva shu summa evaziga yana 4 yil jamoani boshqarishga tayyor bo‘lsada, assotsiatsiyadan sado chiqmagan.

Keling, matbuot anjumanida Shevchenko bildirgan fikrlarga e’tibor qaratamiz:

"Evropa chempionati yakunlangach, shtabim bilan birgalikda shartnomani uzaytirishga qaror qildik. Kievga qaytgach, futbolimiz rahbari - Pavelko bilan uchrashdim. Unga boshlagan ishimizni davom ettirmoqchi ekanligimni bildirdim. U esa, bu masalada keyinroq suhbat qurmoqchi ekanligini aytdi. Men ta’tilga chiqdim. Evropa chempionati finalida yana uchrashib qoldik. Yangi shartnoma borasida so‘z ochmadi.

30 iyulda shartnomam yakunlandi. Buni ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qildim. Bu terma jamoa postini tashlab ketdim, degani emas. Nima uchun bugun sizlarni yig‘dim? Termamizni Evropa chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokiga hissa qo‘shgan barchani bir vaqtda bir erda jam bo‘lishini istadim. Bu ishni amalga oshirgan barchaning so‘nggi so‘zni aytishga haqqi bor", - deb sobiq futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda "Football.ua" nashri.

i34jgi3j4gij34g

Agar Shevaning so‘zlariga ishonadigan bo‘lsak, rahbariyat uni shunchaki "axlat qutiga g‘ijimlangan qog‘ozni irg‘itgandek" "o‘yindan" chiqarib yuborgan bo‘lib chiqmoqda. Katta ehtimol bilan, Andrey Ukrainada faoliyat olib borish istagida bo‘lgan. O‘zi haqidagi turli xil mish-mishlarga dosh bera olmagach, mutaxassis ochiqchasiga hammasini aytib tashladi.

Endi katta sahnaga chiqish navbati Andrey Pavelkoga! Uning so‘zlari Shevchenko taqdim etgan versiyani tasdiqlashi yoki uni to‘liq rad etishi talab etiladi. 3-variant yo‘q. Qanday yo‘l tutsa ham, yaxshigina bosim ostida qolib ketishi turgan gap. Ukraina matbuotida allaqachon u haqida keskin tanqidiy maqolalar e’lon qilina boshlandi. Boz ustiga, raqibi - Ukrainada undan ancha taniqli! Xalq mehri va ishonchi yuqori bo‘lgan shaxsga qarshi media olamdagi urush Pavelkoga katta talofat etkazib bo‘ldi.

Afsuski, mashhurlikning o‘zi ba’zan kamlik qiladi. Ukraina matbuoti bergan ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston terma jamoasidan kelib tushgan taklif  og‘zaki bo‘lgan. Federatsiya rahbarlari Shevchenko bilan muzokaralar o‘tkazishdan ko‘ra, Srechko Katanets variantini ma’qul ko‘rgan. "Milan"da Stefano Pioli muvaffaqiyatli ish olib bormoqda. Demak, u erda ham "non" yo‘q. Shunday ekan, Andrey Shevchenko murabbiylik faoliyatini kamtarroq jamoalardan birida davom ettirsa, hayron bo‘lib yurmang!

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!