10 ta davlat boykot bergan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatiga katta miqdorda mukofot jamg‘armasi qo‘yildi

  • 24 fevral, 2023, 11:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
Siyosiy mojarolar sabab bir qancha davlatlar Rossiya va Belorussiya sportchilari ishtirokiga ruxsat berilgan musobaqalarga boykot e’lon qilmoqda. 
 
Xususan, Ukraina, AQSh, Polsha, Shveytsariya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Chexiya, Shvetsiya va Kanada davlatlari joriy yilning 15-26 mart kunlari Hindistonning Nyu Deli shahrida bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Ushbu davlarlarning ba’zilari may oyida Toshkent shahri mezbonlik qiladigan erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatiga ham boykot bergan.
 
Shunga qaramay, Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) Nyu Delidagi chempionatga katta miqdordagi mukofot jamg‘armasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati oltin medal egalari 100 ming, kumush medal egalari 50 ming, bronza medal egalari 25 ming AQSh dollaridan mukofotlanadigan bo‘ldi.
 
Rasman! Toshkent boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi, musobaqada rekord miqdorda sovrin jamg‘armasi bo‘ladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!