
10 yillik tanaffusdan so‘ng "Lill" yana Frantsiyada chempion!
Frantsiya Oliy Ligasi so‘nggi turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga etdi. Chempionlik uchun kurash oxirgi turga qadar saqlanib kelgan ushbu chempionatda bu mavsum "Lill" klubi 83 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi.
So‘nggi 10 yil ichida 7 bor chempionlikni qo‘lga kiritgan PSJ klubi esa mavsumni 82 ochko bilan yakunladi va kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Mavsum davomida yo‘l qo‘yilgan xatolar va yo‘qotilgan ochkolar bugun ularga qimmatga tushdi.
Shuningdek, "Monako" klubi mavsum yakuniga ko‘ra 3-o‘rinni egalladi hamda kelgusi mavsum uchun EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. "Lion" esa Evropa Ligasiga ravona bo‘ldi.
Fikrlar