
11 yildan buyon "Neftchi"ning Namanganda "ketmoni uchmayapti"
"Neftchi"ning Namangandagi omadsizliklari bu safar davom etdi. Ilhom Mo‘minjonov boshqaruvidagi jamoa kecha safarda “Navbahor” bilan nursiz durang qayd etdi – 0:0.
Ta’kidlash kerakki, farg‘onaliklar so‘nggi bor 2011 yilda Namanganda "Navbahor" (2:0) ustidan g‘alaba qozonishgan. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shundan so‘ng mazkur jamoalar Namanganda 8 bor to‘qnash keldi. Ushbu o‘yinlarning 3 tasida mezbonlar g‘alaba qozongan bo‘lsa, 5 tasida kuchlar teng kelgan.
Fikrlar