
120 mlnlik forvard gol urishni esdan chiqarib qo‘ymoqda
"Barselona" forvardi Antuan Grizmann Kataloniya klubiga moslashuv jarayoni qiyin kechmoqda.
Frantsiyalik futbolchi La Liga bahslari doirasida 7 uchrashuvdan buyon gol ura olmayapti - bu Grizmann uchun so‘nggi to‘rt yil ichidagi eng uzun golsiz yurishi sifatida qayd etildi. Opta nashri ma’lumotiga ko‘ra, hujumchi 2016 yil oktyabr-dekabr oylarida qatorasiga to‘qqiz o‘yinni golsiz o‘tkazgan.
Joriy mavsumda Grizmann Ispaniya chempionatida 30 o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol kiritgan. U so‘nggi marotaba 15 fervalda "Xetafe"ga qarshi o‘yinda o‘z nomiga gol yozib qo‘ygan edi.
Eslatib o‘tamiz, Grizmann "Barselona"ga 2019 yil yozida "Atletiko"dan 120 million evroga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar