18 yoshli norvegiyalik futbolchi U-20 jahon chempionatida nona trik muallifiga aylandi
Norvegiya U-20 terma jamoasi hujumchisi Erling Bryout Xoland Polshada bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida Gonduras (12:0) darvozasiga naqd 9ta gol urib, nona trik muallifiga aylandi.
Ma’lumot uchun, 18 yoshli futbolchi Avstriyaning “RB Zaltsburg” klubi a’zosi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum 10ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar