
19 yoshli o‘zbekistonlik muaytaychi Tailandda super jang o‘tkazdi!
Kuni kecha Tailandning Bankok shahrida MAX Fight turniri navbatdagi jang kechasini o‘tkazdi. Ma’lumki, ushbu liga professional muaytay bo‘yicha janglar tashkil qiladi. Biz uchun ahamiyatli jihati, mazkur kechada Suxrob Tagiev hamda Nuriddin Xajiyarov shogirdi, 19 yoshli hamyurtimiz Orzujon Qurbonov ham debyut jangini o‘tkazdi. U mezbonlar vakiliga qarshi murosasiz jang o‘tkazdi va ajoyib g‘alabaga erishdi. Albatta, u chiroyli g‘alabasi bilan Tagievlar sulolasida yana bir chempion etishib kelayotganligini namoyish etdi.
Fikrlar