
2 nafar andijonlik karatechi Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Joriy yilning 28-30 iyun kunlari poytaxtimizda krate bo‘yicha "Toshkent open-2019" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon viloyati sportning yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabidan 15 dan ortiq sportchi ishtirok etdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra Andijon viloyatidan tashrif buyurgan karatechilar jami 10ta - 3ta oltin, 2ta kumush va 5ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Aniqrog‘i, Javohir Abdusattarov, O‘g‘iloy No‘monova hamda Mohlaroyim Hakimjonovalar o‘z vazn toifalarida mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Komiljon Zokirov va Muslima Karimjonova 2-o‘rinni, Asilbek Madaminov, Umarali Odilov, Ulug‘bek Orifjonov, Sarvinoz Jaloliddinova, Irodaxon Akbarovalar esa faxrli 3-o‘rinni egallashdi.
E’tiborlisi, musobaqa g‘olibiga aylangan Javohir Abdusattarov va Mohlaroyim Xakimjonovalar joriy yilning iyul oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.






Fikrlar