20 yoshli Pedri "Barsa"da allaqachon 100 ta o‘yin o‘tkazib qo‘yganini bilarmidingiz?

  • 28 yanvar, 2023, 21:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" futbolchisi Pedri ayni paytda davom etayotgan "Jirona"ga qarshi bahsda o‘zining yubiley o‘yinini o‘tkazdi. Ushbu bellashuvda futbolchi kataloniyaliklar libosida 100-uchrashuvida ishtirok etdi.

Tecno

19-tur o‘yinida yarim himoyachi jamoasining hozircha yagona bo‘lib turgan goliga ham mualliflik qildi. Bu Pedri uchun klubdagi 15-gol sifatida qayd etildi. 

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik iqtidor sohibi 2020 yilning 27 sentyabrida katalon klubi safida debyut qilgan. Bungacha u faoliyatini "Las-Palmas"da olib borgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!