200: Ronaldu yangi cho‘qqiga yaqinlashdi

  • 19 oktabr, 2024, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni Professional ligasining 7-turida “An-Nasr” futbolchilari “Ash-Shabab” maydonidan 2:1 hisobidagi qiyin g‘alaba bilan qaytdi.

Tecno

Riyodliklarga navbatdagi uch ochkoni keltirgan golga Krishtianu Ronaldu o‘yindagi to‘xtalishlar uchun qo‘shib berilgan vaqtning ettinchi daqiqasida penaltidan kiritdi.

Bu 39 yoshli hujumchining professional faoliyatidagi 907-gol sifatida qayd etildi.

E’tiborli jihati shundaki, portugaliyalik hujumchi faoliyatida 198-marotaba penaltini amalga oshirdi. Tez orada Ronaldu penalti tepish bo‘yicha ikkiyuzlik marrani zabt etadi.

Krishtianu 11 metrlik nuqtadan o‘zining 168-golini urdi. “An-Nasr”ga kelganidan buyon mohir to‘purar 19 marotaba penalti tepib, ularning barchasini aniq bajargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!