2019 yilda o‘zbek sportchilarini qanday musobaqalar kutib turibdi?

CHERY AUTO

Osiyo kubogi – 2019

Tecno

asia cup

Yangi yilning ilk haftasidanoq barcha futbol ishqibozlari orziqib kutgan qit’a birinchiligi start oladi. Unda Ektor Kuper boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Vakillarimiz F guruhida Ummon, Turkmaniston hamda Yaponiya terma jamoalari bilan bahs olib borishadi. Mazkur turnirga oid so‘nggi yangiliklarni quyidagi havola orqali tanishib borish imkoniga egasiz.

Velosport

velosport1-800x520

Velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 8-13 yanvar kunlari Jakartada o‘tkaziladigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

Vadim Shaexov boshqaruvidagi termamiz mazkur turnir uchun katta tayyorgarlik olib bordi. Jumladan Toshkentda va Moskvada o‘quv-yig‘inlari tashkil etildi.

Devis kubogi

istomin win4

Tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblanadigan “Devis kubogi” bahslari 2019 yildan yangicha formatda o‘tkaziladi. Unga ko‘ra, saralash bosqichida 24 ta terma jamoa 12 juftlikka bo‘lingan holda o‘zaro raqobatlashadi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Tennischilarimiz qur’a natijasiga ko‘ra, Serbiya terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazishi haqida avval xabar bergan edik.

Asosiy bosqichga chiqish uchun o‘tadigan O‘zbekiston va Serbiya terma jamoalari o‘yini 2019 yilning 1-2 fevral kunlari o‘tkaziladi.

Taekvondo

taekv1-800x520

Dekabr oyi avvalida MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov Janubiy Koreyaga rasmiy tashrif bilan borgan edi. Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Butunjahon taekvondo federatsiyasi rahbari – Chung Von Choy bilan muzokara o‘tkazgan edi.

Uchrashuvning eng ahamiyatli jihati shunda bo‘ldiki, olib borilgan muzokaralar natijasida 2019 yilgi kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionati Toshkentda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Avvalroq, mazkur chempionat AQShda o‘tkazilishi belgilangandi. Biroq, uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov O‘zbekiston ushbu musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor ekanligini ma’lum qildi. Shu tariqa, 2019 yilda kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionati O‘zbekistonda o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Tokio olimpiyasi uchun yo‘l

u23 cup

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida 2020 yil yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga Tailand mezbonlik qiladi. Xabaringiz bor, 2018 yilda bo‘lib o‘tgan so‘nggi Osiyo chempionatida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi chempionlikka erishgan edi.

Tailandda bo‘lib o‘tadigan musobaqaning saralash bosqichi 2019 yilda o‘tkaziladi. OFK qaroriga ko‘ra, qur’a tashlashdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan joy oladigan jamoalar saralash bahslarini 18-26 mart kunlari O‘zbekistonda o‘tkazishadi.

2020 yilning 8-26 yanvar kunlari Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati U-23da oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan jamoalar Tokio-2020 yozgi olimpiada o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladilar.

Ot sporti

Global-tour-final (9) (1)

So‘nggi yillarda yurtimizda ot sporti ham tobora rivoj topib bormoqda. Xalqaro ot sporti federatsiyasi FEI Jumping Children’s Classic Final 2019 turnirini o‘tkazish huquqini mamlakatimizga ishonib topshirgan edi. Bellashuvlar 2019 yilning 17-21 aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi. 

Ma’lumot uchun, ushbu musobaqa konkur bo‘yicha 15 yoshgacha bo‘lgan chavandozlar o‘rtasida o‘tkaziladigan eng nufuzli turnirlardan biri hisoblanadi. Sportning ushbu turi bo‘yicha bunday saviyadagi musobaqa O‘zbekistonda ilk marotaba tashkil etiladi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimizda yosh avlodning ot sportiga qiziqishni oshirishda, sportning ushbu turini ommalashtirishda katta ahamiyatga egadir.

Futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida U-19 jamoalari Osiyo chempionati saralashi

u-19 women

Xabaringiz bor, O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi shu yilning oktyabr oyida Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati saralashining birinchi bosqichida muvaffaqiyatli qatnashib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Endi Karima Yo‘ldosheva boshchiligidagi futbolchi qizlar kelasi yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadigan ikkinchi saralash bosqichida qatnashishadi.

Aynan ushbu bosqichdan so‘ng Tailand mezbonligida o‘tadigan qit’a birinchiligida qaysi jamoalari ishtirok etishi aniq bo‘ladi. Unda esa 2020 yilgi aynan mazkur yosh toifasidagi JChda ishtirok etish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu borada FIFA OFKga 5 ta yo‘llanma ajratgan.

Boks bo‘yicha JCh

box hd

Kuz faslida erkaklar va ayollar o‘rtasida boks bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkaziladi. Har ikkala turnirga Rossiya mezbonlik qiladi. Erkaklar o‘rtasidagi bahslari Sochi, ayollar turniriga esa Ulan-Ude shahrida o‘tadi.

Gamburgda kechgan jahon birinchiligida bokschilarimiz munosib tarzda ishtirok etishgan edi va umid qilamizki, bu safar ham ushbu holat takrorlanadi.


Shuningdek, yangi yilda bizni bir qator sport turlari bo‘yicha Osiyo va Jahon chempionatlari ham kutib turibdi. Bundan tashqari, ko‘plab sport turlari bo‘yicha Tokio-2020 olimpiya o‘yinlariga litsenziya beruvchi ko‘plab turnirlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bo‘lajak musobaqlarda sportchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
King of World
01/01/2019 16:46
Velosportda ham ko‘p yangilik kutyapman... avtomobillardan veliklar oshishi kutilmoqda
&
King of World
01/01/2019 16:45
Osiyo chempionati eng muhimi..
Ronaldo Junior
31/12/2018 17:45
Бокс масаласида бу сафар қийналсак керак
&
darwesh
31/12/2018 16:57
Булардан осие кубоги ва бокс жахон чемпионати мухимларидан