2021 yilgi Chempionlar ligasi finali Sankt-Peterburgda o‘tkaziladi

  • 31 avgust, 2019, 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2020/2021 yilgi UEFA Chempionlar ligasi final uchrashuvi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkaziladi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, ushbu nomga “Zenit”ning uy stadioni hisoblangan “Gazprom-Arena” hamda “Bavariya”ga tegishli bo‘lgan “Alyants-Arena” stadionlari da’vogarlik qilishmoqda. Biroq, AP News nashri tarqatgan xabarga ko‘ra UEFA ushbu mezbonlikni piterliklarga beradi. Myunxen esa oradan bir yil o‘tib, ya’ni 2021/22 yilgi mavsum finalini qabul qiladi.

E’tiborlisi, 2023 yilgi EChL finali Londondagi mashhur “Uembli” stadionida o‘tkazilishi kutilmoqda. Bu va yuqoridagi xabarlarga joriy yilning 24 sentyabr kuni UEFA aniq javob beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!