Rossiya jahon chempionatiga chiqqan O‘zbekistonga “vyzov” tashladi!

  • 07.06.2025 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatiga chiqqani o‘zbek xalqi uchun yil voqeasi bo‘ldi.

Futbolchilarimizning 2026 yili AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘ladigan mundialda ishtirok etishiga turli mamlakatlardan munosabat bo‘lmoqda. Xususan, O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikki futbolchisi – Abbosbek Fayzullaev va Rustam Ashurmatov o‘ynaydigan Rossiyada ham bu muvaffaqiyat borasida ko‘p fikr bildirilyapti.

Sports.uz portali Rossiya futbol jamoatchiligi vakillarining O‘zbekiston milliy terma jamoasi bo‘yicha bildirgan fikr-mulohazalarini o‘zbekistonlik futbol muxlislari e’tiboriga havola qiladi.

Vyacheslav Koloskov, Rossiya futbol ittifoqi faxriy prezidenti:

Rossiya terma jamoasi O‘zbekiston bilan o‘ynasa yaxshi bo‘lardi. O‘zbek futbolchilarning keyingi paytdagi muvaffaqiyatlari fonida bu o‘yin bizning terma jamoamiz uchun jiddiy sinov bo‘lib, xizmat qiladi.

Rossiya futbol ittifoqi bu o‘yinni tashkil qilish bilan shug‘ullanishi mumkin. Bu juda yaxshi g‘oyadek ko‘rinmoqda.

(O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari 2022 yilning noyabrida o‘zaro kuch sinashgan va o‘sha o‘rtoqlik uchrashuvida hisob ochilmagan edi, - sports.uz)

Valeriy Kechinov, “Paxtakor”, “Spartak” va Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi:

Jahon chempionatiga chiqish, O‘zbekiston uchun juda katta muvaffaqiyat, ular buni juda uzoq kutishgan edi. Turli yillarda buning uchun juda yaxshi imkoniyatlar bo‘lgan, lekin o‘xshamay kelayotgandi. Hozir hammasi o‘z o‘rnida – juda kuchli va talantli futbolchilar bor, balki saralashda juda kuchli raqiblar duch kelmagandir. Shunga qaramay, vazifa bajarildi va O‘zbekiston ilk bor jahon chempionatida o‘ynaydi.

O‘zbekistonda har doim futbol ommaviy bo‘lgan. Iqlim yil davomida to‘p tepish imkonini beradi. Bolalar futbol bilan yashaydi. Endi bu holat yanada ko‘payadi. Bunaqa voqealarning sodir bo‘lishi har doim mamlakat futboliga ijobiy ta’sir qiladi.

Aleksandr Xomyakov, “Mash’al”, “Andijon”, “Buxoro”, “So‘g‘diyona”da ishlagan rossiyalik murabbiy:

- Men O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor jahon chempionatiga chiqqanidan xursandman va bundan faxrlanaman. Bu nafaqat futbolchilarning, balki murabbiylar va federatsiyaning ham yutug‘i. Hozir butun mamlakat bayram og‘ushida.

Davlat futbolni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayapti. Infratuzilma ham zo‘r rivojlanyapti: yangi futbol maydonlari, maktablari, akademiyalari paydo bo‘lyapti.

Futbol – mamlakatdagi eng sevimli o‘yinlardan. Futbol o‘ynashni biladigan, natija qila oladigan yoshlar etishib chiqmoqda. Bu omillar birlashib, juda katta turtki bo‘lyapti.

Eslatib o‘tamiz, AQSh, Kanada va Meksika birgalikda mezbonlik qiladigan navbatdagi jahon chempionati 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuligacha bo‘shlib o‘tadi.

Kimlar o‘ynayapti? O‘zbekiston futbolchilariga e’tibor bering!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Сурхан Ангор
07/06/2025 16:40
Жаҳон чемпионатига чиққан жамоалар билан синашиш керак. Жаҳон чемпионатида шулар бизга рақиб бўлади умуман четлатилган жамолар эмас! Мисол учун Аргентина, Канада, АҚШ! Маълумот учун АҚШ бугун Туркия билан ўйнайди!
&
Махмуд1966
07/06/2025 11:47
Урислар бн уйнамаслик керак. Худо хохласа, биз бн уйнашни истовчи зур жамоалардан таклифлар келади хали!