2026 yilgi jahon chempionatiga chiqqan 29 ta terma jamoa nomi aniq bo‘ldi (to‘liq ro‘yxat)

  • 14 noyabr, 07:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan navbatdagi jahon chempionatiga yo‘llanma olgan 29-terma jamoa nomi aniq bo‘ldi.

Tecno

Evropa mintaqaviy saralash turniri doirasida “D” guruhida o‘tkazilgan uchrashuvda Frantsiya terma jamoasi Ukrainani 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, muddatidan avval mundial yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Frantsiyaliklarga g‘alaba va yo‘llanma keltirgan gollardan ikkitasini Kilian Mbappe, bittadagini Maykl Olise va Ugo Ekitike kiritdi.

Hozirgacha jahon chempionatidagi ishtirokini kafolatlagan jamoalar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

AQSh, Kanada, Meksika, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Eron, Argentina, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Iordaniya, Avstraliya, Braziliya, Ekvador, Urugvay, Kolumbiya, Paragvay, Marokash, Tunis, Misr, Jazoir, Gana, Kabo-Verde, JAR, Qatar, Saudiya Arabistoni, Angliya, Senegal, Kot-d'Ivuar va Frantsiya.

Bu galgi jahon chempionatida ilk marotaba 48 ta mamlakat vakillari ishtirok etadi. Ayni paytda mundialga yana 19 ta yo‘llanma qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!