
21-turdan o‘rin olgan "Paxtakor" va "Dinamo" uchrashuv sanasi masalasida kelishuvga erishishdi
Superliga 21-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" — "Dinamo" o‘yini 17 oktyabr kuni emas, 6 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Mazkur masalada ikki klub o‘zaro kelishuvga erishdi va mazkur kelishuv Liga rejalariga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi inobatga olindi.
"Paxtakor" 21 oktyabr kuni Elit Chempionlar ligasi doirasida "Al Shorta" mehmoni bo‘ladi. Safardagi uchrashuv oldidan klub taqvimni engillashtirish taklifini kiritdi. "Dinamo" esa bunga monelik qilmadi.
5 oktyabr kuni O‘zbekiston Kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 7 oktyabrda esa FIFA kunlari start oladi. "Paxtakor" va "Dinamo" Kubok finaliga yo‘l olmagani, ularga 6 oktyabr sanasida ham rasmiy uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini beradi.
O‘zPFL matbuot xizmati.
Fikrlar