21 yoshli rossiyalik futbolchi APL grandlarini qiziqtirib qo‘ydi

  • 14 iyul, 2019, 15:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning TsSKA klubi forvardi Fyodor Chalov Angliya premer-ligasi grandlarining e’tiboriga tushdi. Bu haqda The Mirror nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 21 yoshli rossiyalik futbolchining xizmatlariga "Manchester Siti", "Liverpul", "Tottenxem", "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari jiddiy qiziqib qolishgan.

Ma’lumotlarga qaraganda Chalovning transferi ushbu jamoalarga 22,3 mln evroga tushishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Fyodor o‘tgan mavsum TsSKA safida 37ta o‘yinda maydonga tushdi va 17ta gol hamda 7ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 16 mln evroga baholanmoqda.

Bundan avvalroq unga "Sevilya", "Monako", "Valensiya" va "Latsio" klublari ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!