
23 mart kuni dzyudo bo‘yicha MOQ sovrini uchun musobaqa start oladi
23-25 mart kunlari Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida dzyudo bo‘yicha MOQ sovrini uchun O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu turnirda sovrindor bo‘lgan sportchilarga Milliy olimpiya qo‘mitasining qimmatbaho sovg‘alari taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun oldin sambo bo‘yicha MOQ sovrini uchun O‘zbekiston chempionati o‘tkazilgandi.
Oldinda shuningdek suv sporti, gandbol, ushu, engil atletika, voleybol, sport kurashlari, karate, og‘ir atletika, trampolin, boks, eshkak eshish, basketbol 3x3, badminton, qilichbozlik, dzyudo, kurash, taekvondo kabi sport turlari bo‘yicha mana shunday musobaqalar tashkil qilish rejalashtirilgan.
Fikrlar