
23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida eng yaxshi dribling sohiblarini bilasizmi?
CIES Football Observatory mahalliy chempionatlarda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi eng yaxshi driblinglar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ro‘yxatda “Real” vingeri Vinisius Junior birinchi o‘rinni egalladi.
Reytingda driblinglarning muntazamligi, muvaffaqiyatli driblinglar foizi hamda sheriklar va raqiblarning sport darajasining maxsus indeksi kabi ko‘rsatkichlar hisobga olingan.
Eng yaxshi 10 talik quyidagicha:
1. Vinisius Junior ("Real" Madrid, La Liga);
2. Anjelo Gabriel (“Santos”, Braziliya premer-ligasi);
3. Jamal Musiala ("Bavariya", Bundesliga);
4. Mohammed Kudus (“Ayaks”, Niderlandiya oliy ligasi);
5. Rodrigo Goes ("Real" Madrid, La Liga);
6. Luis Enrike Andre ("Betis", La Liga);
7. Xvicha Kvaratsxeliya ("Napoli", A Seriya);
8. Fakundo Buonanotte (“Brayton”, premer-liga);
9. Niko Uilyams (“Atletik”, La Liga);
10. Fil Foden ("Manchester Siti", premer-liga)
Fikrlar