
24 fevral kuni Bellator va PFL chempionlari o‘zaro jang qiladi. To‘liq "fayt-kard" bilan tanishing!
24 fevral kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri yana bir yorqin MMA kechasiga mezbonlik qiladi. Ya’ni Bellator hamda PFL birgalikda o‘zining ilk jang kechasini tashkil etadi. Bugunga kelib, ushbu turnirning to‘liq “fayt-kard”i ma’lum bo‘lib ulgurdi.
Asosiy kard:
Renan Ferreyra (12-3, 3 NC, Braziliya) — Rayan Beyder (31-7, 1 NC, AQSh), og‘ir vazn toifasida chempionlik kamari uchun.
Impa Kasanganay (15-3, AQSh) — Jonni Eblin (14-0, AQSh), o‘rta vazn (83,9 kg) toifasida chempionlik kamari uchun.;
Magomed Magomedkerimov (34-6, Rossiya) — Jeyson Jekson (17-4, Yamayka), yarim o‘rta vazn 977,1 kg) toifasida chempionlik kamari uchun.
Xesus Pinedo (23-6-1, Peru) — Patrisio Freyre (35-7, Braziliya), Yarim engil vazn (65,8 kg) toifasida chempionlik kamari uchun.
Bruno Kapelotstsa (15-6, 1 NC, Braziliya) — Vadim Nemkov (16-2, 1 NC, Rossiya);
Tiago Santos (22-11, 1 NC, Braziliya) — Yoel Romero (15-7, Kuba);
Kley Kollard (24-11, 1 NC, AQSh) — Ey Jey Makki (21-1, AQSh).
Prelim kard:
Gabriel Braga (12-1, Braziliya) — Aaron Piko (12-4, AQSh);
Biadjio Ali Uolsh (0-0, AQSh) — Kris Morris (0-0, Angliya);
Klaressa Shilds (1-1, AQSh) — Kelsi De Santis (0-2, AQSh);
Abdulla Al-Kaxtani (7-1, Saudiya Arabistoni) — Edukondal Rao (5-1, Hindiston);
Malik Basaxel (0-0, Saudiya Arabistoni) — Vinisius Pereyra (0-0, Braziliya)
Fikrlar