
25 yillik tanaffusdan so‘ng o‘tkazilayotgan “Real” va “Barselona” o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi sanasi ma’lum bo‘ldi
Mavsumlar oralig‘ida Evropaning top klublari ishtirok etadigan International Champions Cup musobaqasining bu yilgi bahslarida muxlislar “El-Klassiko”ning guvohi bo‘lishadi.
AS nashrining ma’lum qilishicha, 29 iyul kuni Mayamidagi “Hard Rock Stadium”da “Barselona” va “Real” jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishadi.
Turnir tashkilotchilarining ma’lum qilishicha, musobaqada shuningdek "Yuventus" va "Manchester Yunayted" klublari ham ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, “Real” va “Barselona” so‘nggi marta 1992 yilda o‘zaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishgan.
Fikrlar