3 aprel sanasidagi katta jang kechasida ringga ko‘tariluvchi bokschilarimiz chet elda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi

  • 11 mart, 2021, 21:44
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 3 aprel kuni hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievning WBA va IBF kamarlarini himoya qilish uchun bo‘lib o‘tadigan jangi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Bugun ushbu nufuzli sport oqshomiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu anjumanda bokschilarning tayyorgarlik protsessi xususida berilgan savolga boks federatsiya bosh kotibi Murod Mamadaliev quyidagicha javob berdi:

"Hozirda, barcha bokschilarimiz: havaskorlar va professionallar Yangiobod o‘quv-mashg‘ulot bazasida shug‘ullanmoqda. Asosiy janglarda ringga ko‘tariluvchi yigitlarimiz: Murodjon Ahmadaliev, Shahram G‘iyosov va Isroil Madrimov Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib turibdi. 16-30 mart sanalari oralig‘ida sportchilarimiz Rossiyaning Kislovodsk shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etadi va yakuniy tayyorgarlik aynan o‘sha erda amalga oshiriladi. Bu ularga katta mahorat maktabi vazifasini o‘tab berishi tabiiy", - dedi federatsiya mutasaddisi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!