Shvaynshtaygerning AQShga yo‘l olishi oydinlashmoqda

Joze Mourino sababli “Manchester Yunayted” klubida deyarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan yarim himoyachi Bastian Shvaynshtayger faoliyatini MLS chempionatida davom ettirishi mumkin. U kecha restoranda “Chikago Fayr” jamoasi bosh murabbiyi Velko Paunovich bilan uchrashgan. Bu haqda Goal nashri xabar beradi.

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli germaniyalik futbolchi klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi  2018 yili yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!