
3 ta o‘yin sanasi o‘zgardi
O‘zbekiston chempionati va Kubogi musobaqasi taqvimida o‘zgarish ro‘y berdi. Jumladan, O‘zPFL matbuot xizmati tarqatgan xabarda shunday deyiladi:
“Coca-Cola Superliga 8-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» - «Andijon» hamda «So‘g‘diyona» - OKMK uchrashuvlari avvaldan rejalashtirilgani kabi 30 aprel kuni emas, balki 1 may sanasida bo‘lib o‘tadi.
O‘z navbatida O‘zbekiston Kubogi «A» guruhidan joy olgan OKMK - «Andijon-SGS» uchrashuvi 3 may sanasida emas, 4 mayda o‘tkaziladi”.
Fikrlar