34 yoshli di Mariya grand klub bilan muzokara o‘tkazdi
Turinning “Yuventus” klubi etakchilari argentinalik tajribali yarim himoyachi Anxel di Mariya bilan ilk muzokaralarni o‘tkazdi.
Taniqli insayder va jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, A Seriya grandi vakillari yozda erkin agentga aylanadigan 34 yoshli argentinalik futbolchi bilan muzokara olib borishgan.
Eslatib o‘tamiz, di Mariya xizmatlariga “Barselona” va “Benfika” klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Anxel di Mariya joriy mavsum PSJ safida Frantsiya chempionatida 22 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi shu yoz o‘z nihoyasiga etadi.



Fikrlar