
39 yoshli futbolchi Braziliya unga muhtojligi va jahon chempionatiga borishini iddao qildi
Futbol tarixida eng ko‘p sovringa ega bo‘lgan 39 yoshli Dani Alves Braziliya terma jamoasiga chaqirilgani yo‘q. Ayni paytda “Unam Pumas” jamoasi sharafini himoya qilayotgan tajribali himoyachi o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘yganini yashirmayapti.
- Odamlar jahon chempionati haqida mendan ko‘p gapiryapti. Men bu klubga qattiq mehnat qilish, rivojlanish uchun keldim va bu harakatlarim meni mundialga etaklasa, ajoyib ish bo‘ladi. O‘z jamoamdagi harakatimlarim evaziga bu maqsadimga etishimni bilaman.
Bundan tashqari, men terma jamoa uchun qay darajada muhim ekanimga ham aminman. O‘zimni sher deb bilaman va qaysi o‘rmonda yurgan bo‘lsam ham o‘t-o‘lan bilan oziqlanmayman, - dedi Dani Alves.
Braziliyalik futbolchi faoliyatining katta qismini “Barselona”da o‘tkazgan. U faoliyati davomida “Baiya”, “Sevilya”, ”Yuventus”, PSJ “San-Paulu” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
Fikrlar