
39 yoshli Ronaldu nega haliyam faoliyatini yakunlamayapti?
"Rayo Valekano" klubi va Ruminiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Ildefons Lima "An-Nasr"ning 39 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu nega faoliyatini yakunlamayotgani haqida o‘z fikrini bildirdi.
“Bu uning haqiqiy motivatsiyasi. Gap shundaki, u o‘g‘li bilan rasmiy o‘yin o‘tkazmoqchi va shuning uchun taslim bo‘lmayapti”, - dedi Liman Relevo nashriga bergan intervyusida.
Kichik Krishtianu hozir 14 yoshda, u Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi yoshlar jamoasida to‘p surmoqda.
O‘tgan mavsumda Ronaldu 45 ta o‘yin o‘tkazib, 44 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar