
50 ta gol urgan Levandovskidan zo‘ri bor!
“Bavariya” etakchilaridan Tomas Myuller yakunlangan mavsumning eng zo‘r futbolchisi, deb e’tirof etildi. Klub rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada muxlislarning eng ko‘pi aynan unga ovoz bergan.
Ikkinchi o‘rin iste’dodli yosh yarim himoyachi Jamol Musialaga nasib qildi.
Myunxenliklarning keyingi davrdagi eng zo‘r to‘purari Robert Levandovski uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Polshalik hujumchi mavsumda raqiblar darvozasiga 50 ta to‘p kiritganiga qaramay, muxlislar nazdida jamoaning eng zo‘r o‘yinchisi bo‘la olmadi.
G‘olib sifatida e’tirof etilgan Tomas Myuller mavsum davomida 45 ta uchrashuvda 13 ta gol urib, 25 ta assist qayd etdi.
Fikrlar