
6 ta gol urilgan o‘yinda "Fotih Karagyumryuk" kambek qurboni bo‘ldi
Turkiya chempionati 13-turidan o‘rin olgan "Antalyaspor" - "Fotih Karagyumryuk" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar 4:2 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, mehmonlar Kolli va Dianening aniq zarbalari evaziga 19 daqiqa ichida 2 ta to‘p kiritdi. Bunga maydon egalari Rayt, Vural (dubl) va Sarining gollari bilan 4 bor javob qaytardi. To‘liq o‘yin o‘tkazgan Otabek Shukurov 50-daqiqada sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
Shunday qilib, ochkolari sonini 16 taga etkazib olgan antaliyaliklar 9-o‘ringa ko‘tarildi. 13-pog‘onani band etib turgan "Karagyumryuk" 12 ochko jamg‘argan.
Fikrlar