6 ta gol va 2 ta qizil kartochka bo‘lgan o‘yinda "Barselona" g‘alaba qozondi

  • 6 fevral, 2022, 22:09
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga 23-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Atletiko" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda maydon egalari 4:2 hisobida raqibdan ustun keldi. 

"Barsa" safida Jordi Alba, Gavi, Arauxo va va Alves gol urishga muvaffaq bo‘ldi. "Matraschilar"dan Karrasko va Suares Kataloniya klubi darvozasini ishg‘ol qildi. 

Ushbu g‘alabadan so‘ng "ko‘k-anorranglilar" hisobidagi ochkolar soni 38 taga etdi. Ayni vaqtda ular La Liga turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. 36 ochkoga ega Madrid klubi 5-pog‘onadan joy olgan. 

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" safida Dani Alves qizil kartochka oldi. Shuningdek, Xavining yordamchisi ham qizil kartochka bilan jazolandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!