“Manchester Yunayted” bir o‘yinchi uchun tikkan 60 million evroni rad etishdi

  • 5 iyun, 2024, 12:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” kelasi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirish harakatlarini boshlab yubordi.

Manchesterliklar “Benfika” tayanch yarim hi moyachisi Joau Nevesh uchun portugaliyaliklarga 60 million evro taklif qildi.

Record nashrining yozishicha, “Benfika” mutasaddilari bu taklifni darrov rad etgan. Ular 19 yoshli futbolchi uchun APL vakilidan 100 million evro talab qilmoqda.

Nevesh “Benfika” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy tarkibda jami 75 ta uchrashuvda qatnashib, to‘rtta gol va uchta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!