
9 ta hamyurtimiz jang o‘tkazishi rejalashtirilgan boks oqshomiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi (fotogalereya)
Xabaringiz bor, 3 aprel sanasida poytaxtimiz Toshkent shahrida professional jang oqshomi bo‘lib o‘tadi. "Humo Arena" ko‘p tarmoqli sport saroyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan ushbu nufuzli sport tadbirida professional boksning super-engil vazn toifasida 2 yo‘nalish chempioni Murodjon Ahmadaliev o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA va IBF kamarlarini himoya qiladi. Unga ushbu kamarlar uchun ayni paytda majburiy da’vogar hisoblangan Riosuke Ivasa raqiblik qiladi.
Shuningdek, ushbu turnir doirasida yana 8 nafar hamyurtimiz o‘z janglarini o‘tkazadi.
Bugun Milliy Olimpiya Qo‘mitasi majlislar zalida ushbu jang kechasi tashkilotchiligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, boks federatsiya bosh kotibi Murod Mamadaliev, MOQ raisi maslahatchisi Alisher Karimov, boks federatsiya xalqaro aloqalar departamenti direktori Mirshohid Tillaboev ishtirok etdi.
Quyida matbuot anjumanidan olingan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin:



















Fikrlar