97-daqiqada urilgan gol Ronalduga “katta rekord” keltirdi

  • 19 oktabr, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni Professional ligasining 7-turida “An-Nasr” futbolchilari “Ash-Shabab” maydonidan 2:1 hisobidagi qiyin g‘alaba bilan qaytdi.

Tecno

Riyodliklarga navbatdagi uch ochkoni keltirgan golga Krishtianu Ronaldu o‘yindagi to‘xtalishlar uchun qo‘shib berilgan vaqtning ettinchi daqiqasida penaltidan kiritdi.

Bu 39 yoshli hujumchining professional faoliyatidagi 907-gol sifatida qayd etildi. Ronaldu jahon futbolida rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p to‘p kiritgan o‘yinchi hisoblanadi va uning har bir goli yangi rekord sanaladi.

Krishtianu Ronaldu o‘z gollarini “Sporting”, “Real”, “Yuventus”, “Manchester Yunayted”, “An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasida kiritgan.

Mashhur hujumchining maqsadi professional darajada urgan gollarini sonini mingtaga etkazishdan iborat. Buning uchun Ronalduga yana 93 ta gol kerak. Krishtianu hali beri faoliyatini tugatmoqchi emas.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!