A Seriya. Chempionlik uchun intriga qaytdi yoxud "Napoli" Turinda "Yuventus"ni engdi

  • 23 aprel, 2018, 07:18
  • 0
  • Futbol

Kecha Italiya A Seriyasining 34-turidan o‘rin olgan bir qator bahslar bo‘lib o‘tdi.

Hususan, shu kuni chempionatning 1- va 2-o‘rinlarini egallab turgan “Yuventus” va “Napoli” o‘zaro kuch sinashishdi. Ta’kidlash kerakki, chempionlik taqdirini bevosita hal qiladigan ushbu o‘yin 0:1 hisobida neapolliklarning g‘alabasi bilan yakundandi va ular peshqadam “Yuventus” bilan oradagi farqni bor yo‘g‘i bittaga etkazib olishdi.

“Yuventus” – “Napoli” 0:1 (0:0, 0:1)

22 aprel «Yuventus Stedium»

Gol: 0:1 – 90 Kulibali.

“Yuventus” – Buffon, Xevedes, Benatiya, Kellini (Lixtshtayner, 11), Asamoa, Xedira, Pyanich, Matyuidi, Duglas Kosta (Mandjukich, 71), Iguain, Dibala (Kuadrado, 46).

“Napoli” – Reyna, Xyusay, Albiol, Kulibali, Mariu Ruy, Allan (Rog, 80), Jorjino, Gamshik (Zelinski, 67), Kalexon, Mertens (Milik, 61), Insine.

Ogohlantirishlar: Benatiya (9), Asamoa (9), Albiol (16), Pyanich (27).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!