
A Seriya. “Milan” o‘z maydonida “Kalyari”dan ustun keldi
Italiya chempionati 23-turida “Milan” jamoasi o‘z maydonida “Kalyari” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.
Gollarga boy kechgan o‘yinda milanliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Cheppitelli o‘z darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Paketa va Pentek bittadan gol urishdi.
Milan – Kalyari 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 13, avtogol Cheppitelli, 2:0 – 22 Lukas Paketa, 3:0 – 62 Pentek.
Milan – Donnarumma, Kalabriya (Konti, 66), Musakko, Romanoli, Rodriges, Kessie, Bakayoko, Lukas Paketa, Suso, Pentek (Kutrone, 65), Chalxanoglu (Borini, 77).
Kalyari – Krano, Srna, Cheppitelli, Pizakane, Pellegrini, Farago, Ionitse (Despodov, 76), Barella, Padoin (Deyola, 68), Joao Pedro (Bradarich, 80), Pavoletti.
Ogohlantirishlar: Farago (75).
Fikrlar