
A Seriya grandlari A Seriya to‘purari uchun kurashga qo‘shilishdi
Turinning "Yuventus" va Milanning "Inter" klublari "Jenoa" forvardi Kshishtof Pentek uchun kurashga qo‘shilishdi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra A Seriya grandlari 23 yoshli polshalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilishmoqchi. Boisi, hozircha A Seriyaning joriy mavsumida to‘purari uchun shuningdek Kataloniyaning “Barselona” klubi ham jiddiy kurash olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Jenoa” Pentekni 60 mln evrodan kamiga sotmasligi haqida e’lon qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Pentek joriy mavsum “Jenoa” safida jami 10ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning genuyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar