
APL. Mersisayd derbisida kuchlar teng keldi
Hozirgina Angliya Premer-Ligasi 16-turidan o‘rin olgan “Liverpul” hamda “Everton” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Birinchi bo‘lim so‘nggida Muhammad Salax hisobni ochib, mezbonlarni hisobda olinga olib chiqdi. Biroq 77-daqiqada Ueyn Runi penaltidan gol kiritib, muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, Mersisayd derbisi 1:1 hisobida yakuniga etdi.
Angliya Premer-Ligasi. 16-tur
Liverpul – Everton 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 42 Salax, 1:1 – 77, penalti Runi.
Liverpul – Minole, Lovren, Robertson, Gomes, Klavan, Oksleyd-Chemberlen (Koutino, 78), Milner, Mane, Xenderson, Salax (Firmino, 67), Solanke (Ingz, 82).
Everton – Pikford, Xolgeyt, Martina, Kenni, Uilyams, Devis (Lennon, 46), Guye, Sigurdsson, Kelvert-Lyuin, Nyasse (Shnayderlin, 46), Runi (Djagelka, 83).
Ogohlantirishlar: Sigurdsson (36), Guye (42), Lovren (76), Shnayderlin (85).
Fikrlar