
A Seriya. "Roma" muhim uchrashuvda "Milan"ni ishonchli hisobda engdi. Eldor Shomurodov esa 84 daqiqa harakat qildi
Italiya A Seriyasining 37-turidan o‘rin olgan "Roma" - "Milan" uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi.
Klaudio Raneri boshchiligidagi "Roma" Konseysauning "Milan"ini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Manchini tomonidan hisob ochildi. 39-daqiqaga kelib esa yozda jamoani tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan Jaou Feliks hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning 58-daqiqasida Paredes jarima zarbasidan ajoyib zarba yo‘llab jamoasini oldinga olib chiqdi. Bellashuvning 87-daqiqasida esa Kristante oradagi farqni 2 taga etkazib, muhim g‘alabani ta’minladi.
Eslatib o‘tamiz, "Roma" ushbu g‘alaba orqali 4-o‘rindagi "Yuventus"dan 1 ochko ortda qolmoqda. So‘nggi turda jamoa "Torino" bilan kuch sinashadi.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum

Roma
- Gianluca Mancini 3'
- Bryan Cristante 87'
- Leandro Paredes 58'

Milan
- João Félix 39'
Fikrlar