
APL klubi "Napoli" ustozini olib kelmoqchi
Londonning "Vest Xem" klubi Slaven Bilichni vazifasidan ozod etmoqchi. Daily Express xabariga ko‘ra, "bolg‘achilar" rahbariyati uning o‘rniga Italiyaning "Napoli" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarrini olib kelmoqchi.
Qayd etish joiz, "Vest Xem" APLda mavsum startini juda yomon boshladi. Klub hozirga qadar o‘tkazgan 3 o‘yinining barchasida mag‘lub bo‘ldi va turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Bugun esa jamoa "Xaddersfild"ga qarshi bahs olib boradi va aynan ushbu o‘yin natijasi xorvatiyalik mutaxassisning kelgusi faoliyatiga bevosita bog‘liqdir.
Fikrlar