
APLdan o‘ziga zo‘r himoyachi topgan "Real" Marseloni sotib yuborishga tayyor
Madridning "Real" klubi “Yuventus”ning qiziqishlariga sabab bo‘layotgan himoyachi Marseloni qo‘yib yuborishga tayyor. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.
Biroq, buning uchun “qirollik klubi” 30 yoshli braziliyalik futbolchining o‘rniga o‘zi ko‘zlagan futbolchini olib kelishi lozim. Madridliklar Marseloning o‘rniga “Chelsi”dan Markos Alonsoni xarid qilishmoqchi. Biroq, “Real” ushbu transferni kelasi yozda amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar