Husanov, Shomurodov, Karimov joyida! Kannavaro terma jamoaga yangi nomlarni chaqirdi!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro 2026 yildgi jahon chempionatida jamoa ishtirokini sharhlab o‘tdi.
Italiyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, agar 8–9 oy oldinga qaytib qaralsa, u o‘sha paytning o‘zidayoq milliy jamoadagi muammolar haqida gapirgan edi.
«Men jahon chempionatida o‘yin sur’ati juda yuqori bo‘lishini yaxshi bilardim. Ehtimol, ko‘pchilik mundialda biz uchun jiddiy qiyinchiliklar bo‘lmaydi, deb o‘ylagan. Lekin men bu xavf haqida oldindan ogohlantirganman», — deya Kannavaroning so‘zlarini keltiradi UzDaily.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi tarixida ilk bor jahon chempionatining asosiy bosqichida maydonga tushdi. Biroq jamoa guruh bosqichidan chiqishga muvaffaq bo‘lmadi va o‘tkazilgan uch uchrashuvning barchasida mag‘lubiyatga uchradi.

Fikrlar