APLning noyabr oyi laureatiga nomzodlar bilan tanishing

  • 3 dekabr, 2016, 13:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasining rasmiy veb-sayti musobaqaning noyabr oyi laureatiga nomzodlar nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, o‘tgan oyning eng yaxshi murabbiyiga nomzodlar ro‘yxatidan Yurgen Klopp («Liverpul»), Xosep Gvardiola («Manchester Siti»), Antonio Konte («Chelsi») va Devid Moyeslar («Sanderlend») nomzodi o‘rin olgan.

Eng yaxshi futbolchi nomiga esa Serxio Aguero («Manchester Siti»), Zlatan Ibragimovich («Manchester Yunayted»), Diego Kosta, Pedro (ikkalasi – «Chelsi»), Jordan Pikford («Sanderlend») va Mett Fillips («Vest Bromvich Albion») kabi futbolchilar da’vogarlik qilishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!