
AQSh erkin kurash bo‘yicha jahon kubogini qo‘lga kiritdi
AQShning Ayova shtatida erkin kurash bo‘yicha jahon kubogi bellashuvlari o‘z yakuniga etdi. Ushbu yo‘nalishda jahonning eng kuchli terma jamoalai bahsida bosh sovrin uchun Ozarbayjon va AQSh terma jamoalari bahs olib borishdi.
10 ta vazn toifasida kechgan keskin va murosasiz bahs yakunida mezbonlar 6:4 hisobida ustun kelib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Ta’kidlash joiz, bu terma jamoa 2003 yil so‘nggi bor erkin kurash bo‘yicha jahon kubogini qo‘lga kiritgandi.
Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahs Yaponiya va Kuba termalari o‘rtasida kechib, bu qarama-qarshilikda ham 6:4 hisobi qayd etildi. G‘olib kunchiqar yurt vakillari.
Fikrlar