Abramovichning qaroridan so‘ng, yana bir rossiyalik milliarder klubini sotuvga qo‘ydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyalik tadbirkor Dmitriy Ribolovlev o‘ziga tegishli bo‘lgan "Monako" klubini sotib yuborishga qaror qilgan.

Le10Sport nashrining xabar berishicha, Ribolovlev bir necha oydan buyon klubni sotish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini ma’lum qilgandi. Tadbirkorda BAA hamda AQShdan takliflar bor. 

Nashrda yozilishicha, Dmitriy APL klubini sotib olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Ilgariroq, Ribolovlev "Monako"ni 500 million evroga sotib, "Milan" klubini sotib olishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!