Afg‘oniston bilan o‘yin tufayli mamlakat chempionati taqvimida kichik o‘zgarish ro‘y berdi

CHERY AUTO

Afg‘oniston futbol federatsiyasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga har ikki mamlakat terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini tashkil etish borasida taklif bilan chiqdi. O‘FA mazkur taklifga ijobiy javob berdi va shu tariqa 12-13 oktyabr sanalarida poytaxtimizda O‘zbekiston hamda Afg‘oniston terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Tecno

PFL rasmiy sayti terma jamoaning o‘yinlari sabab futzal bo‘yicha mamlakat chempionati taqvimida kichik o‘zgarish ro‘y berganini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, zaxira kunlari sifatida qayd etilgan 7-8 sentyabr sanalariga 14-tur uchrashuvlari belgilandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!