
Afonindan navbatdagi gol va uning jamoasi Premer-ligaga chiqdi(mi)?
Bugun Rossiya Milliy Futbol ligasida 37-tur o‘yinlari start oldi. Hamyurtimiz Vadim Afonin faoliyat olib boradigan “Orenburg” klubi Kurskda “Avangard” mehmoni bo‘ldi.
Mazkur bahsda orenburgliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. E’tiborlisi, uchrashuvda kiritilgan gollardan biriga hamyurtimiz mualliflik qildi.
Bugungi bahsdan so‘ng “Orenburg” jamg‘argan ochkolar soni 83 taga etdi va ertaga “Krilya Sovetov” yoki “Enisey” jamoalaridan biri ochko yo‘qotgan taqdirda, jamoa muddatidan avval Premer-liga yo‘llanmasiga ega chiqadi.
Rossiya Milliy Futbol ligasi. 37-tur
"Avangard" (Kursk) - "Orenburg" 0:2
Gollar: Afonin, 84; Delkin, 86.
"Avangard": Kobzev, Gotsuk, Nikitin, Bagaev, Voynov A., Akbashev, Voynov D. (Sinyaev, 61), Mitasov (Alshin, 73), Kubyshkin (Netfullin, 46), Bolov, Fedchuk (Shogenov, 56).
"Orenburg": Frolov, Andreev, Terexov, Oyevole, Udalyy, Chirkin, Sutormin (Mamtov, 73), Parnyakov, Efremov (Breev, 78), Afonin, Delkin (Popov, 87).
Fikrlar